» » Tramp 2024-yilgacha amerikaliklarni oyga yuborishni talab qildi

Tramp 2024-yilgacha amerikaliklarni oyga yuborishni talab qildi


Kelgusi besh yil ichida astronavtlar oyga qaytishi kerak. Bu vazifa Qo‘shma Shtatlar prezidenti tomonidan qo‘yilgan, deya xabar beradi “Korrespondent”.

AQSh prezidenti Donald Tramp 2024-yilga qadar amerikaliklarni Oyga jo‘natish uchun barcha zaruriy choralar ko‘rishni talab qilgan.

AQSh vitse-prezidenti Mayk Pens o‘zining Twitter’dagi sahifasida ushbu vazifa NASA rahbariyati oldiga qo‘yilganligini ma’lum qilgan.

“Biz 1960-yillardagi kabi kosmik poygada ishtirok etamiz”, — deydi Pens.

Avvalroq, Amerika Qo‘shma Shtatlari 2028-yilda oyga navbatdagi missiyasini amalga oshirishni rejalashtirayotgani xabar qilingan edi.

OAVda xabar berilishicha, AQSh prezidenti Kongressdan 2020-yilgi budjetda NASA tadqiqotini o‘tkazishga sarflanadigan xarajatlarni 500 million dollar miqdorida oshirishni so‘ragan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-03-2019, 17:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 106) ( 0) ( 105) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют