» » Shavkat Mirziyoyev va Angela Merkel bir-birini tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev va Angela Merkel bir-birini tabrikladi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga Germaniya kansleri Angela Merkel O‘zbekiston va Germaniya o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 25 yilligi munosabati bilan tabrik yo‘lladi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Germaniya kanslerining qutlovida bunday deyiladi:

Mamlakatlarimiz o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganiga 25 yil to‘ldi. O‘tgan vaqt davomida o‘zaro hamkorligimiz turli sohalarda izchil rivojlanib bormoqda. Germaniya bilan O‘zbekiston iqtisodiyot, xavfsizlik va madaniyat sohalarida, shuningdek, xalqaro tashkilotlar doirasida ishonchli hamkorlik qilib kelmoqda.

Germaniya Federal hukumati O‘zbekistonni parlament vakolatlarini kengaytirish, iqtisodiyotni erkinlashtirish va huquqiy tizimni isloh qilishga qaratilgan 2017—2021-yillarda mamlakatni rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasini amalga oshirishda hamkor sifatida qo‘llab-quvvatlaydi. Shuningdek, mintaqa davlatlari bilan tashqi siyosatning ustuvor yo‘nalishlari sifatida Siz belgilab bergan do‘stona va yaqin qo‘shnichilik munosabatlarini yanada rivojlantirishni Germaniya qo‘llab-quvvatlashini ta’kidlamoqchiman.

Davlatlarimiz o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 25 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston va uning xalqiga tinchlik, erkin va farovon hayot, mamlakatlarimizning o‘zaro hamkorligi yanada kengayishini tilayman.

Angela Merkel, Germaniya kansleri

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning qutlovida bunday deyiladi:

Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi mustahkam asosga ega bo‘lgan, izchillik va o‘zaro ishonch ruhidagi yaqin hamkorlik eng yuksak e’tirofga loyiqdir. Biz O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan boshlab mustaqil taraqqiyotimiz va suverenitetimizni Germaniya qat’iy qo‘llab-quvvatlab, keng ko‘lamli demokratik va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni hayotga tatbiq etishda amaliy yordam ko‘rsatib kelayotganini yuksak qadrlaymiz.

Bugungi kunda Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvlar, Savdo va investitsiyalar bo‘yicha hukumatlararo ishchi guruh, O‘zbekiston—Germaniya ishbilarmonlar kengashi, O‘zbekistondagi nemislar masalalari bo‘yicha hukumatlararo komissiya kabi institutsional mexanizmlar tashkil etilgan va samarali faoliyat ko‘rsatmoqda, 140 dan ortiq bitimdan iborat keng qamrovli shartnomaviy-huquqiy baza shakllantirilgan.

Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Prezidenti

Qutlovda gumanitar aloqalar ham faol rivojlanayotgani mamnuniyat bilan qayd etilgan. Bugun O‘zbekistonda Gyote instituti, K.Adenauer va F.Ebert nomidagi jamg‘armalar, Xorijdagi maktablar markaziy boshqarmasi va boshqa tashkilotlar vakolatxonalari muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda.

O‘zbekiston Prezidenti “O‘zbekiston va Germaniya o‘rtasidagi o‘zaro hurmat, teng huquqlilik va tomonlarning manfaatlari inobatga olingan prinsiplarga asoslangan ikki va ko‘p tomonlama hamkorlikni mustahkamlash borasidagi sa’y-harakatlarimizni bundan keyin ham izchil davom ettirish zarur”, deb ishonch bildirgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (13-03-2017, 20:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 112) ( 0) ( 109) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют