» » Bangladeshlik ayol bir oyda ikki marta farzand dunyoga keltirdi

Bangladeshlik ayol bir oyda ikki marta farzand dunyoga keltirdi


Bangladesh fuqarolaridan biri birinchi o‘g‘li tug‘ilganidan 26 kun o‘tgach, egizak farzand dunyoga keltirgan, deya xabar beradi Agence France-Presse.

20 yoshli ayol Arifa Sultananing birinchi farzandi fevral oyining oxirida tug‘ilgan. Shifokorlar, noyob anomaliya sababli, ayolning yana ikki homila o‘sayotgan ikkinchi bachadoni borligini sezmagan.

Bir oydan so‘ng, 22-mart juma kuni Arifa Sultana kasalxonaga olib borilgan va favqulodda kesarcha kesish amaliyoti o‘tkazilgan, ikki chaqaloq — bir o‘g‘il va qiz dunyoga kelgan.

26-mart kuni Arifa Sultana kasalxonadan uyga uch farzand bilan chiqqan.

“Endi u erining maoshi bilan bolalarni qanday oziqlantirishni uddalashidan tashvishlanmoqda”, — deyiladi xabarda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-03-2019, 13:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 90) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют