» » Samarqand shahar hokimligi suv toshqini tufayli yuzaga kelgan holat uchun uzr so‘radi

Samarqand shahar hokimligi suv toshqini tufayli yuzaga kelgan holat uchun uzr so‘radi


29-martga o‘tar kechasi va bugun erta tongdan yog‘ayotgan yomg‘ir tufayli Samarqand shahrining ko‘plab ariqlarida suv to‘planib qolib, yo‘llarga chiqib ketgani va bu transport vositalari hamda piyodalar harakatlanishiga noqulaylik tug‘dirgani aholi noroziligiga sabab bo‘ldi. 

 Zarnews nashriga ko‘ra, Samarqand shahar hokimligi ushbu noqulaylik uchun shahar aholisi va mehmonlardan uzr so‘rab, hokimlik huzurida tezkor shtab tashkil etilganini ma’lum qildi. 

Ayni paytda shaharning Buyuk ipak yo‘li, Dahbet va Registon ko‘chalari chorrahasida sohaviy xizmatlar xodimlari tomonidan suv yo‘llarini ochish ishlari olib borilayotganini qayd etdi. Shuningdek, shaharning boshqa ko‘chalarida ham suv toshqinlarining oldini olish va ularni bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda.

Ushbu yo‘nalishda olib borilayotgan ishlar shahar hokimining nazoratida ekanligi va aholida bu borada murojaatlar bo‘lsa hokimning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari yoki telefonlari orqali murojaat qilishi mumkinligi ma’lum qilingan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-03-2019, 15:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 97) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют