» » Superliga. “Surxon” o‘z maydonida “Dinamo”ni mag‘lub etdi (video)

Superliga. “Surxon” o‘z maydonida “Dinamo”ni mag‘lub etdi (video)


30-mart, shanba kuni futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 2-turi dorasida kunning dastlabki o‘yini o‘z nihoyasiga yetdi.

Unda Surxondaryoning “Surxon” klubi Samarqandning “Dinamo” jamoasiga qarshi maydonga tushdi.

Uchrashuvning 2-daqiqasidayoq Sherzod Karimovning jarima zarbasidan uzatgan to‘pini Sherzod Hakimov samarqandliklar darvozasiga joylab qo‘ydi.

Shu tariqa Termiz klubi o‘z maydonida Samarqandning “Dinamo” klubini kichik hisobda mag ‘lub etdi va ilk 3 ochkoni qo‘lga kiritdi (1:0).

Superliga

2-tur bahslari

29-mart, juma

Gol: 1:0 — 2 Sherzod Hakimov

“Surxon”: Asilbek Amonov, Abduqahhor Xojiakbarov, Sherzod Karimov, Dilshod Jabborov (Rahmatullo Berdimurodov, 59), Shavkat Salomov, Abror Ismoilov, Vladimir Bubanya, Husniddin G‘ofurov, A’zam Aliyev, Darko Stanoyevich, Sherzod Hakimov (Azamat Allaniyazov, 73).

“Dinamo”: Botirali Ergashev, Mirkomil Lokayev, Hakimxon A’lamxonov, Akmal Xolmurodov, Amirjon Safarov (Nizomjon Norov, 65), Qadamboy Nurmetov (Sanjar Baratov, 51), Bobur Qosimov, Abbos Shodmonov, Sardor Eminov, Ixtiyor Toshpo‘latov, Shoxrux Abdurahmonov (Jasur Azimov, 70).

Ogohlantirishlar: Shavkat Salomov (30), Hakimxon A’lamxonov (74).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-03-2019, 18:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 104) ( 0) ( 103) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют