» » O‘zbekistonda xorijdagi diplomlarni nostrifikatsiya qilish endi yana ham osonlashdi

O‘zbekistonda xorijdagi diplomlarni nostrifikatsiya qilish endi yana ham osonlashdi


Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 29-martdagi 261-sonli qaroriga binoan, “Xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish va nostrifikatsiyalash (ekvivalentligini qayd etish) tartibi to‘g‘risida”gi nizomga o‘zgartirish kiritildi. Bu haqda huquqshunos Xushnudbek Xudayberdiyev o‘z Telegram-kanalida ma’lum qildi.

O‘zgarishga ko‘ra, xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatni tan olish talablari ro‘yxatidan ta’lim to‘g‘risidagi hujjat O‘zbekiston Respublikasida amalda mavjud bo‘lgan ta’lim shaklida o‘qib olingan bo‘lishi kerakligi haqidagi qoida chiqarib tashlandi.

Bu nima degani?

Ilgari xorijda olingan diplom albatta O‘zbekistonda mavjud bo‘lgan ta’lim shaklida bo‘lishi kerak edi. Masalan, bizda ancha yillar sirtqi va kechki ta’lim mavjud emasdi. Shu sababli xorijda sirtqi va kechki ta’limda o‘qiganlarning diplomi nostrifikatsiya qilinmas, ya’ni tan olinmasdi.

Yoki xuddi shu kabi muammo hozirgacha masofaviy (distansion) ta’limda ham bor. Ya’ni bugungi kunda O‘zbekistonda masofaviy ta’lim shakli yo‘q, shu sababli xorijiy OTMlarda masofaviy o‘qib, olingan diplomlar bizda tan olinmaydi.

Endilikda esa, xuddi shu talab bekor bo‘ldi va bemalol istalgan ta’lim shaklida olingan xorijiy diplomlar ham O‘zbekistonda tan olinishi mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-03-2019, 19:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 62) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют