» » O‘zbekistonda kelasi hafta boshida qanday ob-havo kuzatiladi?

O‘zbekistonda kelasi hafta boshida qanday ob-havo kuzatiladi?


“O‘zgidromet” mamlakatda 31-martdan 3-aprelgacha kuzatiladigan ob-havo haqida ma’lumot berdi.

Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, 31-martda va 2-aprelda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 1 va 3-aprelda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 31-mart—3-aprelda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 31-mart—1-aprelda 3-8o iliq, 2—3-aprelda 5-10o iliq, kunduzi 31-martda 8-13o iliq, 1-aprelda 13-18o iliq, 2-aprelda 15-20o iliq, 3-aprelda 13-18o iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, 31-mart—2-aprelda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 3-aprelda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 1—3-aprelda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 5-10o iliq, kunduzi 31-martda 18-23o iliq, 1-aprelda 13-18o iliq, 2-aprelda 20-25o iliq, 3-aprelda 15-20o iliq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, 31-mart va 2-aprelda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 1-aprelda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. 3-aprelda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 1—3-aprelda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 31-martda kechasi 7-12oiliq, kunduzi 18-23o iliq, 1-aprelda kechasi 5-10o iliq, kunduzi 13-18o iliq, 2-aprelda kechasi 7-12o iliq, kunduzi 20-25o iliq, 3-aprelda kechasi 7-12o iliq, kunduzi 15-20o iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, 31-mart—2-aprelda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 3-aprelda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 3-aprelda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 7-12o iliq, kunduzi 31-martda 20-25o iliq, 1-aprelda 18-23o iliq, 2-aprelda 22-27o iliq, 3-aprelda 20-25o iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, 31-martda va 2-aprelda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 1-aprelda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. 3-aprelda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 3-aprelda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 5-10o iliq, kunduzi 31-martda 15-20o iliq, 1-aprelda 13-18o iliq, 2—3-aprelda 17-22o iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, 31-martda va 2-aprelda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 1 va 3-aprelda vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik bo‘ladi. 31-mart—1-aprelda qor ko‘chishi xavfi bor. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 1—3-aprelda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 31-mart—1-aprelda kechasi 0-5o iliq, kunduzi 5-10o iliq, 2—3-aprelda kechasi 2-7o iliq, kunduzi 7-12o iliq bo‘ladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-03-2019, 21:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 113) ( 0) ( 110) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют