» » Qo‘qonda uch egizakning otasiga Prezident sovg‘asi sifatida berilgan Cobalt’ning YTHga uchrashi oqibatida 2 kishi jabrlangan

Qo‘qonda uch egizakning otasiga Prezident sovg‘asi sifatida berilgan Cobalt’ning YTHga uchrashi oqibatida 2 kishi jabrlangan


Qo‘qonda tug‘ilgan uch egizakning otasi Jasurbek Mamadqulovga Prezident sovg‘asi sifatida berilgan Cobalt avtomashinasi ishtirokida YTH sodir bo‘ldi.

2018-yil 22-dekabr kuni Qo‘qon shahar Shijoat ko‘chasi 29-uyda yashovchi Jasurbek va Muslimaxon Mamadqulovlar oilasida uch o‘g‘il egizak dunyoga kelgan edi. Egizaklarga Prezident Shavkat Miromonovich Mirziyoyev sharafiga Shavkat, Miromon va Mirziyo deb ism qo‘yilgandi. Yanvar oyida uch egizakning ota-onasiga Prezident sovg‘asi – Cobalt avtomashinasi sovg‘a qilingandi.

Farg‘ona viloyati IIB YHXBning “Daryo”ga ma’lum qilishicha, Prezident sovg‘asi sifatida berilgan Cobalt avtomashinasi ishtirokidagi YTH 31-mart kuni soat 11:15 da Qo‘qon shahar Shohruxobod ko‘chasida sodir bo‘lgan. Opel avtomashinasining Cobalt bilan to‘qnashishi natijasida 2 fuqaro – Amudaryo ko‘chasi, 80-uyda yashovchi 1974-yilda tug‘ilgan D.Q. va Shijoat ko‘chasi, 29-uyda yashovchi 1962-yilda tug‘ilgan N.A. (egizaklarning buvisi) tan jarohati olgan. Jabrlanuvchilarning ikkalasi ham Cobalt’da bo‘lgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan suratlardan taxmin qiladigan bo‘lsak, Cobalt qoidaga zid ravishda ikkinchi yoki uchinchi harakatlanish bo‘lagidan o‘ngga burilmoqchi bo‘lganida uning o‘ng yon tomonidan Opel kelib urgan. Farg‘ona viloyati IIB YHXB ushbu YTH bo‘yicha ma’muriy ish ochilganini tasdiqladi, ammo kimga nisbatan ma’muriy ish ochilganini ma’lum qilmadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-04-2019, 14:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 57) ( 0) ( 56) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют