» » Ehtiyojmand oilalarning iqtidorli farzandlari davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi

Ehtiyojmand oilalarning iqtidorli farzandlari davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi


Ijtimoiy ehtiyojmand oilalarning iqtidorli farzandlari uzluksiz ta’lim olishini moddiy va ma’naviy jihatdan qo‘llab-quvvatlash tartibi to‘g‘risida nizom tasdiqlandi, deb xabar berdi Norma.

Qanday qo‘llab-quvvatlash turlari nazarda tutilgan?

Hujjatda iqtidorli bolalarga ko‘mak berish uchun kompleks chora-tadbirlar nazarda tutilgan. Masalan, hududlar kesimida maxsus idoralararo kengashlar har o‘quv yili boshidan boshlab ular uchun quyidagi xarajatlarni qoplaydi:

Bundan tashqari, ijtimoiy ehtiyojmand oilalarning iqtidorli farzandlari to‘garaklar, tanlovlar, musobaqalar va boshqa tadbirlarda ishtirok etishga, uzaytirilgan kun guruhlariga, shuningdek Yoshlar ittifoqining boshlang‘ich tashkilotlaridagi jamoatchilik faoliyatiga faol jalb etiladi.

Kimlar qo‘llab-quvvatlanadi?

Qo‘llab-quvvatlanadigan bolalarni aniqlashda quyidagi ijtimoiy mezonlarga e’tibor qaratiladi:

Yoshlar ittifoqining bola o‘qiydigan ta’lim muassasasidagi boshlang‘ich tashkiloti va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi har yili 1-iyunga qadar idoralararo kengashga ko‘mak olish uchun yozma tavsiya bilan birga quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari shart:

Idoralararo kengash har yili 30-iyunga qadar qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tegishli qarorni qabul qilishi shart.

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 2019-yil 28-martdan kuchga kirdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-04-2019, 17:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 72) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют