» » MIB direktori Qoraqalpog‘istonda sayyor qabullar o‘tkazmoqda

MIB direktori Qoraqalpog‘istonda sayyor qabullar o‘tkazmoqda


Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi direktori Botir Qudratxo‘jayev Qoraqalpog‘iston Respublikasining shahar va tumanlarida sayyor qabullar o‘tkazmoqda.

Xususan, joriy yilning 1-aprel kuni Qo‘ng‘irot tumanidagi 10-musiqa maktabi binosida Qo‘ng‘irot, Qonliko‘l, Mo‘ynoq va Shumanay tumanlari aholisi uchun sayyor qabul o‘tkazildi.

Sayyor qabul davomida tinglangan murojaatlar asosan tabiiy gaz va elektr energiyasiga ulanish, aliment nafaqasi hamda korxona va idoralardan ish haqini undirib berish masalalari bilan bog‘liq bo‘ldi.

Barcha masalalar birma-bir tinglanib, ularning yechimi yuzasidan mas’ullar biriktirildi.

Ma’lumot uchun, Byuro direktori 4-aprelgacha Qoraqalpog‘iston Respublikasining yana 3 ta hududida sayyor qabullar o‘tkazadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-04-2019, 09:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 129) ( 0) ( 128) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют