» » Qashqadaryoda alimentdan qarzdor 3 nafar ota 15 sutkaga qamaldi

Qashqadaryoda alimentdan qarzdor 3 nafar ota 15 sutkaga qamaldi


Qashqadaryo viloyatining Yakkabog‘ tumanida bo‘lib o‘tgan sayyor sud majlisida sudya alimentdan qarzdor 3 nafar otani 15 sutkaga qamoqqa olish haqida qaror chiqardi. Bu haqda “Daryo”ga MIB Qashqadaryo viloyati boshqarmasi matbuot xizmati rahbari Gulnoza Dilmurodova xabar bermoqda.

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Yakkabog‘ tumanlararo sudining 2016-yil 25-iyuldagi hukmiga ko‘ra ushbu tumanda yashovchi fuqaro O.Akbarov undiruvchi S.Ahmedovaning foydasiga ikki nafar farzandining moddiy ta’minoti uchun daromadining 1/3 qismi miqdorida aliment undirilishi belgilangan. Biroq qarzdor ota 30 oy davomida umuman aliment to‘lamay jami 12 955 230 so‘m miqdorida qarz bo‘lgan. Davlat ijrochisi 3 marotaba rasman ogohlantirsa-da, aliment to‘lashdan qasddan bo‘yin tovlagan.

MIB Yakkabog‘ tuman bo‘limi ish yurituvida bo‘lgan Yakkabog‘ tumanida o‘tkazilgan sud majlisida O.Akbarov va yana 3 nafar o‘ziga yuklatilgan majburiyatni bajarmasdan, moddiy ta’minotga muhtoj bo‘lgan voyaga yetmagan farzandini moddiy ta’minlashdan bo‘yin tovlab, O‘zbekiston Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 474-moddasi talablarini qo‘pol ravishda buzgan qarzdor otalarga nisbatan sud ishi ko‘rib chiqildi. Ma’muriy sud raisining qaroriga ko‘ra O.Akbarov, shuningdek, 13 oy mobaynida 9 355 000 so‘m aliment qarzini to‘lamagan D.Tursunov va 18 oy mobaynida 4 227 138 so‘m qarzdorligi uchun F.Rahmatovlarga nisbatan 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.

Sudda ishi ko‘rilgan yana bir qarzdor I.To‘ychiyev sud jarayonida 41 oy 10 kun uchun 11 450 000 so‘m qarzdorlikning 6 956 000 so‘mini to‘lab berganligi uchun ma’muriy qamoq jazosidan ozod etildi.

Gulnoza Dilmurodovaning qo‘shimcha qilishicha, 15 sutka qamalib chiqqan F.Rahmatov berilgan jazodan tegishli xulosa chiqarib, alimentdan mavjud 4 227 138 so‘m qarzdorligini darhol to‘lab bergan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-04-2019, 11:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 103) ( 0) ( 102) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют