» » Gulnora Karimovaning advokati u hozir qayerdaligini ma’lum qildi

Gulnora Karimovaning advokati u hozir qayerdaligini ma’lum qildi


Gulnora Karimovaning shveysariyalik advokati, Jenevadagi Mangeat Attorneys at Law advokatlik idorasi egasi va rahbari Greguar Manja mijozi ayni damda qayerdaligini ma’lum qildi, deb yozadi “Kun.uz”.

U 1-aprel kuni Twitter’dagi sahifasida Toshkent viloyati Zangiota tumani hududidagi 21-jazoni o‘tash koloniyasiga borgani haqida xabar qoldirgan.

#Karimova Just arrived at Zangiota women’s prison colony Nr. 21. Trying to obtain acceptable conditions for our client’s meeting.

— Gr?goire Mangeat (@GregoireMangeat) April 1, 2019

“Hozirgina Zangiotadagi 21-raqamli ayollar koloniyasiga keldim. Mijozim bilan uchrashishga harakat qilaman”, — degan u.

#Karimova Zangiota women’s prison colony Nr. 21. Second day. pic.twitter.com/BpluMNGyDO

— Gr?goire Mangeat (@GregoireMangeat) April 2, 2019

“Zangiotadagi 21-raqamli ayollar koloniyasidagi ikkinchi kunim”, — deya yozgan u 2-aprel kuni.

Eslatib o‘tamiz, Bosh prokuratura Gulnorani jazoni o‘tash tartibini buzgani uchun qamoqqa olgani xabar berilgandi.

“IIV Jazoni o‘tash bosh boshqarmasi huzuridagi Probatsiya xizmati taqdimnomasi asosida jazoni o‘tash talabi va shartlarini qo‘pol ravishda buzgani sababli jinoyat ishlari bo‘yicha Yashnobod tumani sudi tomonidan G.Karimovaga nisbatan tayinlangan jazoning qolgan qismini jinoyat-ijro qonunchiligiga muvofiq umumiy rejimdagi koloniyada o‘tash jazosiga almashtirish to‘g‘risida ajrim chiqarildi”, – deyiladi Bosh prokuratura tarqatgan xabarda.?

Aslida, Gulnora Karimova o‘z otasi Islom Karimov hokimiyatda bo‘lgan paytdayoq qo‘lga olingandi. U o‘zbekistonliklar va davlatga jami 3 trillion 746 million so‘m ziyon yetkazganlikda ayblanadi. Uning ishi qanchalik shov-shuvli bo‘lmasin, yetkazilgan ziyon va xorijiy bank hisob raqamlarda qolib ketayotgan pullarni haqiqiy haqdor —? O‘zbekiston xalqiga qaytarish murakkab kechmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-04-2019, 21:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 73) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют