» » Qozog‘istonda bepul tarqatish uchun mo‘ljallangan insulinni O‘zbekistonga sotilishi yuzasidan 28 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda bepul tarqatish uchun mo‘ljallangan insulinni O‘zbekistonga sotilishi yuzasidan 28 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi


Qozog‘iston Sog‘liqni saqlash vaziri Yeljan Birtanov O‘zbekistonga insulinni noqonuniy sotgan shaxslarga nisbatan o‘tkazilgan tergov ishi haqida axborot berdi. Bu haqda Sputnik ma’lum qildi.

Joriy yil boshida OAVlar Qozog‘iston dorixonalarida bepul tarqatish uchun mo‘ljallangan insulin O‘zbekistonga olib ketilayotgani haqida xabar qilgandi. Bu ma’lumotlar oshkor bo‘lgandan so‘ng Qozog‘iston Sog‘liqni saqlash va Ichki ishlar vazirliklari mazkur holat bo‘yicha tergovni boshlangandi.

“Hozir olib chiqilgan insulinlarning asosiy manbasi aniqlandi, tergov harakatlari olib borilmoqda. Bizda mavjud bo‘lgan ma’lumotlarga ko‘ra, huquq-tartibot organlari tekshiruv o‘tkazmoqda”, — dedi vazir.

Sog‘liqni saqlash vaziri so‘zlariga ko‘ra, bir yil oldin vazirlik respublika bo‘ylab bepul dori vositalarining tekshiruvini o‘tkazgan. Dori vositalarining noqonuniy savdosi holatlari bo‘yicha ma’lumotlar huquq-tartibot organlariga taqdim etilgan.

“Noqonuniy holatlar huquq-tartibot organlari va Bosh prokuratura bilan hamkorlikda aniqlandi. Hozirgi vaqtda 28 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi”, — deb qo‘shimcha qildi Birtanov.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-04-2019, 08:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 72) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют