» » Qirg‘iziston milliy xavfsizlik qo‘mitasi Almazbek Atambayev hibsga olingani haqidagi xabarlarni rad etdi

Qirg‘iziston milliy xavfsizlik qo‘mitasi Almazbek Atambayev hibsga olingani haqidagi xabarlarni rad etdi


Qirg‘iziston milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi sobiq prezident Almazbek Atambayev qo‘lga olingani haqidagi ma’lumotlarni rad etdi. Bu haqda Sputnik xabar bermoqda.

Qo‘mita matbuot xizmatiga ko‘ra, ijtimoiy tarmoqlarda Chuy viloyatining Tosh-Mo‘ynoq qishlog‘ida o‘tkazilgan tezkor operatsiya davomida Atambayev qo‘lga olinganligi haqida tarqalgan xabarlar haqiqatga zid.

“Davlat qo‘mitasi bunday xabarlarni tarqatishga aloqador bo‘lgan shaxslarni aniqlash bo‘yicha tekshiruv o‘tkazmoqda”, — deyilgan xavfsizlik xizmati xabarida.

Xavfsizlik xizmati Qirg‘iziston qonunchiligida soxta ma’lumotlarni tarqatganlik uchun jinoiy javobgarlik ko‘zda tutilganligini eslatgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-04-2019, 16:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 54) ( 1) ( 52) ( 1)
Юзеры:
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей...