» » Qirg‘iziston prezidenti mamlakat Milliy xavfsizlik qo‘mitasi rahbarini ishdan oldi

Qirg‘iziston prezidenti mamlakat Milliy xavfsizlik qo‘mitasi rahbarini ishdan oldi


Qirg‘iziston prezidenti So‘ronbay Jeenbekov mamlakat Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi raisi Abdil Segizbayevni ishdan oldi. Bu haqda “Kommersant” xabar bermoqda.

Qirg‘iziston prezidenti matbuot xizmati tarqatgan axborotga ko‘ra, Abdil Segizbayev “o‘z arizasiga ko‘ra” egallab turgan lavozimidan ozod etilgan.

Abdil Segizbayev 2015-yildan beri Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasiga rahbarlik qilib kelayotgan edi.

Bungacha u mamlakatning sobiq prezidenti Almazbek Atambayevning yordamchisi, prezident devonining axborot siyosati bo‘limi mudiri va axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimlarida ishlagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-04-2018, 19:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 57) ( 0) ( 57) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют