» » Checheniston hukumati Ramzan Qodirovning qarorgohi atrofini tartibga keltirish uchun 535 ming dollar ajratdi

Checheniston hukumati Ramzan Qodirovning qarorgohi atrofini tartibga keltirish uchun 535 ming dollar ajratdi


Checheniston hukumati davlat xaridlari saytida Ramzan Qodirovning qarorgohi atrofidagi hududni tartibga keltirish ishlarini amalga oshirish bo‘yicha buyurtmani joylashtirdi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.

Shartnomaning dastlabki narxi 34,88 million rubl (535 ming dollar) etib belgilangan.

Bu mablag‘ evaziga pudratchi maysalarni sug‘orishi va suv quyishi, o‘t-o‘lanlardan tozalashi, shuningdek, mexanik tarzda tarzda tozalash amri mahol bo‘lgan hududni supurib-sidirishi lozim. Shartnoma muddati 2019-yil 31-dekabrda yakunlanadi.

O‘tgan yil dekabrida respublika hukumati qarorgohni o‘zini tozalash bo‘yicha buyurtmani joylashtirgan, o‘shanda shartnoma summasi 51,1 million rublni tashkil etgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-04-2019, 11:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 65) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют