» » OAV: AQSh BMT uchun ajratiladigan xarajatlarni yarmidan ko‘prog‘iga qisqartirishni rejalashtirmoqda

OAV: AQSh BMT uchun ajratiladigan xarajatlarni yarmidan ko‘prog‘iga qisqartirishni rejalashtirmoqda


AQSh Davlat departamentiga mamlakat BMT dasturlari budjetiga ajratadigan badalni yarmidan ko‘prog‘iga qisqartirish haqida ko‘rsatma berildi. Bu haqda Vashingtonda chop etiladigan Foreign Policy jurnali manbalariga tayanib, “TASS” xabar bermoqda. 

Nashrga ko‘ra, bugungi kunda AQSh xalqaro tashkilotga yiliga 10 milliard dollar sarflaydi.

Foreign Policy Tramp ma’muriyatining xarajatlarni qisqartirish niyatini “tinchlikni ta’minlash, bolalarni emlash, yadro quroli tarqalmasligini kuzatish, Suriyadan tortib Yamangacha bo‘lgan urush o‘choqlarida muzokaralar olib borishga qaratilgan xalqaro operatsiyalardan chekinish”, deb baholadi.

Vashingtonda 16-mart, payshanba kuni AQShning yangi federal byudjeti loyihasi taqdim etilishi kutilmoqda. Loyihada Davlat departamenti, AQSh xalqaro taraqqiyot agentligi va xorijiy yordam dasturlari , jumladan, BMTning moliyalashtirilishi 37 foizgacha qisqartirilishi ko‘zda tutilgan.

Опубликовано: admin (14-03-2017, 12:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 90) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют