» » O‘zbekistondan giyohvand modda olib chiqib ketayotgan shaxs Samarqand aeroportida qo‘lga tushdi

O‘zbekistondan giyohvand modda olib chiqib ketayotgan shaxs Samarqand aeroportida qo‘lga tushdi


Samarqand viloyatidagi bojxona xodimlari chegarada O‘zbekistondan giyohvand modda olib chiqib ketayotgan shaxsni qo‘lga oldi. Bu haqda “Novosti Uzbekistana” xabar berdi.

Moskvaga uchishdan oldin fuqaro A.D. bojxona tekshiruvidan o‘tayotganda “yashil” yo‘lakda o‘zini nomaqbul tutgan. Bu esa “Samarqand” xalqaro aeroporti bojxona xodimlarida shubha uyg‘otgan.

Shaxsiy nazorat vaqtida uning o‘ng paypog‘iga 0,32 gramm giyohvand modda solingan bitta polietilen paket yashirilgani aniqlangan.

Keyinroq ekspertiza tahlili ushbu modda nasha ekanini tasdiqlagan.

Hozirda jinoyat yuzasidan tekshiruv ishlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-04-2019, 22:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 102) ( 0) ( 100) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют