» » Buxoro davlat universitetida tahsil oluvchi talaba qiz o‘zini osib qo‘ydi

Buxoro davlat universitetida tahsil oluvchi talaba qiz o‘zini osib qo‘ydi


31-mart kuni Buxoro Davlat universiteti Tarixiy va madaniy meros fakulteti tarix ta’limi yo‘nalishi, 4-bosqich talabasi D.B. o‘zini osib qo‘ygan.

1996-yilda G‘ijduvon tumanida tug‘ilgan talaba qiz o‘zi ulg‘aygan hovlida o‘zini osgan.

— D.B. juda odobli, tarbiyali qiz edi. To‘lov-shartnoma asosida tahsil olib kelayotgan bu talabamiz o‘z bilimi va intiluvchanligi bilan tengdoshlariga o‘rnak edi. Unga nisbatan tazyiq yoki hech qanday qo‘pol muomala qilinmagan. Uning G‘ijduvon tumanidagi o‘z uyida o‘zini osib qo‘ygani xabarini eshitib, hayratda qoldik, — dedi fakultet dekani O‘tkir Ochilov.

Oliygoh o‘qituvchilari hamda tengqurlarining “Daryo”ga bildirishicha, qizning ota-onasi tomonidan unashtirilgan yigitga ko‘ngli bo‘lmagan.

Ayni paytda Buxoro shahar prokuraturasi tomonidan tergov ishlari olib borilmoqda.

Talaba qiz o‘zini osib qo‘ygan 31-mart kuni Buxoro davlat universiteti rektori vazifasida ishlab kelgan Abduqobil To‘laganov o‘rniga Obidjon Hamidov yangi rektor etib tayinlangan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-04-2019, 13:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 37) ( 0) ( 35) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют