» » Liviyada Xalifa Xaftar armiyasining hujumi to‘xtatildi

Liviyada Xalifa Xaftar armiyasining hujumi to‘xtatildi


Liviyada hukumatparast kuchlar marshal Xalifa Xaftar qo‘mondonligi ostidagi armiya harakatini to‘xtatishga muvaffaq bo‘ldi, deb yozadi “Gazeta.ru”.

“Sohil bo‘ylab o‘tgan yo‘ldagi vaziyat barqaror, u ochiq”, — dedi bosh vazir Fayoz Sarrajga yaqin manbalardan biri.

Ta’kidlanishicha, Xaftarning armiyasi Garyan shahrini egallashga ulgurgan, so‘ng ular poytaxt Tripolidan 27 km uzoqlikdagi nazorat-o‘tkazish punkti yaqiniga o‘rnashgan.

“Ammo o‘tgan tunda Tripoli va Az-Zaviyadan yetib kelgan kuchlar birlashib, ularni qamalga oldi”, — dedi manba.

Xaftarga bo‘ysunuvchi 150 kishi asirga tushgan.

Avvalroq armiya Liviya poytaxtiga kirib borgani xabar berilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-04-2019, 19:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 64) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют