» » Shayxontohur tumani soliq inspeksiyasining barcha xodimlari ishdan haydaladi

Shayxontohur tumani soliq inspeksiyasining barcha xodimlari ishdan haydaladi


Toshkent shahar Shayxontohur tumani davlat soliq inspeksiyasining shaxsiy tarkibi butunlay yangilanadi. Bu haqda, Davlat soliq qo‘mitasidagi manbaga asoslanib, “Kun.uz” xabar bermoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, Prezident Shavkat Mirziyoyev 4-aprel kuni bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishi davomida Toshkentdagi qator tumanlar Davlat soliq inspeksiyalari shaxsiy tarkibini yangilash haqida topshiriq bergan.

Avvalroq aynan shu videoselektor davomida Toshkentning yetti tumani — Uchtepa, Mirobod, Bektemir, Yunusobod, Mirzo Ulug‘bek, Shayxontohur va Sergeli bosh soliqchilari, shuningdek, Shayxontohur tumani hokimi lavozimidan ozod etilgan edi; shahar hokimligi va soliq idoralari rahbarlari byudjetga tushumlarni ta’minlashda sustkashlikka yo‘l qo‘yganligi uchun qattiq tanqid qilingan.

Prezident raisligidagi videoselektoridan keyin Davlat soliq qo‘mitasi navbatdan tashqari (favqulodda) yig‘ilish o‘tkazdi. Unda Toshkent shahar davlat soliq xizmati organlarining xodimlar tarkibini zudlik bilan qayta ko‘rib chiqish, lavozimiga layoqatliligi darajasini baholash, xizmat vakolatidan chetga chiqqan holatlar aniqlangan taqdirda mehnat shartnomasini bekor qilish zarurligi qayd etilgan.

Shu yo‘nalishda ish olib borish uchun maxsus ishchi komissiyasi tuzilib, tizimga mas’uliyatli yosh mutaxassislarni jalb qilish vazifa qilib qo‘yilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-04-2019, 22:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 61) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют