» » Mo‘ynoqdagi “Kemalar qabristoni”da xalqaro musiqa festivali bo‘lib o‘tadi

Mo‘ynoqdagi “Kemalar qabristoni”da xalqaro musiqa festivali bo‘lib o‘tadi


Shu yilning 23—24-avgust kunlari Mo‘ynoqda xorijiy va mahalliy musiqachilar ishtirokida zamonaviy musiqa festivali bo‘lib o‘tishi haqida O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi xabar qilmoqda.

“Tabiiy kuch” deb nomlangan ushbu festival Orol dengizi muammosiga bag‘ishlangan. Festival an’anaga ko‘ra, Mo‘ynoqdagi “Kemalar qabristoni”da bo‘lib o‘tadi. Unda Germaniya, Yaponiya, Shvetsiya, Daniya, Rossiya, Qozog‘iston va Ukraina kabi davlatlarning musiqachilari, DJ va prodyuserlari ishtirok etish istagini bildirishdi.

Zamonaviy musiqa festivalida abstrakt elektro, embiyent hamda texno musiqa janrlaridagi kompozitsiyalar jaranglaydi.

Eslatib o‘tamiz, ushbu festival ilk bor 2018-yilning sentabr oyida o‘tkazilgan edi. Festivalda ishtirok etish uchun 200 ga yaqin xorijiy sayyohlar va 5 mingga yaqin mahalliy aholi vakillari kelgan edi. Festivalda Goethe Institute, British Council, USAID, UNDP kabi xalqaro tashkilot vakillari ham ishtirok etgan.

Ushbu tadbir Orol dengizi muammosiga bag‘ishlangan bo‘lib, festival munosabati bilan dunyoning bir qator OAVlarida, shu jumladan The Times, The Guardian, Al-Jazeera, Lonely Planet, The Jakarta Post, The Arab News, Electronic Beats kabi nashrlar, ushbu hududda sodir bo‘lgan tabiiy ofat muammosini yana bir ko‘tarib chiqishlari kutilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-04-2019, 20:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 61) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют