» » O‘zbekiston Afg‘onistonga to‘qimachilik sanoatini qayta tiklashga yordam beradi

O‘zbekiston Afg‘onistonga to‘qimachilik sanoatini qayta tiklashga yordam beradi


“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi va Afg‘oniston davlat tashkilotlari va korporatsiyalari assotsiatsiyasi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum imzolandi. Bu haqda uyushma matbuot xizmati xabar berdi.

Ushbu memorandum Afg‘onistonda to‘qimachilik mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi korxonalar faoliyatini qayta yo‘lga qo‘yishni ko‘zda tutadi.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston tomoni Afg‘oniston to‘qimachilik korxonalarini qayta tiklash loyihasi bo‘yicha hujjatlashtirish jarayonida yordam ko‘rsatadi.

Bundan tashqari, Afg‘oniston to‘qimachilik sohasi mutaxassislari Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida malaka oshiradi.

Afg‘oniston tomonining keltirgan ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakat har yili 60 ming tonnaga yaqin paxta yetishtiradi, shunga qaramay barcha to‘qimachilik korxonalari faoliyati to‘xtab qolgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-04-2019, 17:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 108) ( 0) ( 106) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют