» » O‘zbekiston va Hindiston to‘qimachilik sohasidagi hamkorlikni rivojlantirmoqda

O‘zbekiston va Hindiston to‘qimachilik sohasidagi hamkorlikni rivojlantirmoqda


“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi binosida to‘qimachilik sanoatidagi hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston-Hindiston qo‘shma ishchi guruhining uchinchi majlisi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda uyushma matbuot xizmati xabar bermoqda.

Yig‘ilishda to‘qimachilik sohasidagi ikki tomonlama Hindiston-O‘zbekiston savdo, iqtisodiy, moliyaviy va texnik hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Tomonlar to‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatidagi loyihalarni, shuningdek, sintetik va sun’iy xomashyodan foydalanishga qaratilgan loyihalarni amalga oshirish uchun O‘zbekistonga Hindistondan investitsiyalarni birgalikda jalb qilishga kelishib oldi.

Shuningdek, to‘qimachilik sohasida ilmiy va innovatsion rivojlanish, malakali kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash, sertifikatlashtirish va metrologiya tizimlarini yanada takomillashtirishga qaratilgan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda.

Yig‘ilish yakunida O‘zbekiston-Hindiston qo‘shma ishchi guruhining uchinchi majlisi Bayonnomasi imzolandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-08-2018, 13:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 64) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют