» » Tojikiston to‘qimachilik sanoati vakillari O‘zbekiston tajribasini o‘rganish uchun keldi

Tojikiston to‘qimachilik sanoati vakillari O‘zbekiston tajribasini o‘rganish uchun keldi


Tojikiston to‘qimachilik sanoati vakillaridan iborat delegatsiya O‘zbekistonga bir haftalik tanishuv safarini boshladi. Bu haqda “Xalq so‘zi” xabar bermoqda.

Bundan ko‘zlangan maqsad Tojikiston to‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoati yetakchilarini O‘zbekistonning mazkur sohasida to‘plangan boy tajribasi bilan yaqindan tanishtirish hamda tomonlar o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yishdan iborat.

Delegatsiya tarkibidan yirik to‘qimachilik va tikuv-trikotaj fabrikalari, konsalting kompaniyalari, Savdo-sanoat palatasi, Xususiy sektorni rivojlantirish kengashi, shuningdek, oliy o‘quv yurtlari hamda xalqaro tashkilotlar rahbarlari o‘rin olgan.

— Biz Tojikiston va O‘zbekiston o‘rtasidagi munosabatlarda yangi sahifalar ochilganidan xursandmiz, — deydi Shveysariya hukumati tomonidan moliyalashtiriladigan Xalqaro savdo markazining Tojikistondagi dasturi milliy menejeri Saidmo‘min Kamolov. — Bu bizga qo‘shnilarimizning tajribalarini o‘rganish imkonini berdi. Tashrif dasturida O‘zbekiston tikuvchilik va to‘qimachilik sanoatini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha davlat dasturlari bilan yaqindan tanishish ko‘zda tutilgan. Aminmanki, mazkur tashrif Tojikiston to‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoati vakillari uchun mamlakatdagi ishbilarmonlik muhitini yaxshilashda yangi g‘oyalarni ilgari surish, shuningdek, yangi biznes-aloqalarni yo‘lga qo‘yishga yordam beradi.

Tashrif davomida to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishbilarmonlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish, qo‘shma korxonalar ochish, hamkorlik memorandumini imzolash bo‘yicha muzokaralar o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-08-2018, 14:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 52) ( 0) ( 50) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют