» » Termizdagi uylardan birida portlash yuz berdi, 2 kishi halok bo‘ldi

Termizdagi uylardan birida portlash yuz berdi, 2 kishi halok bo‘ldi


8-aprel kuni 10:30 da Termizdagi uylardan birining yerto‘lasida portlash sodir bo‘ldi, deb xabar bermoqda “Gazeta.uz” Surxondaryo viloyati IIB ichki ishlar shahar bo‘limi ma’lumotiga tayanib.

Portlash faktini nashrning Favqulodda vaziyatlar vazirligidagi manbasi ham tasdiqlagan.

“Ikki kishi halok bo‘ldi, chaqiruv bo‘yicha yetib kelgan ‘tez yordam’ shifokorlari voqea joyidagi o‘limni qayd etgan”, — deyishdi Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Termiz filialida.

Tibbiy muassasa ma’lumotlari bo‘yicha, “Do‘stlik” mahallasidagi Alisher Navoiy ko‘chasida joylashgan 10-uyning chap tomonida noma’lum sabablarga ko‘ra portlash yuz bergan, so‘ng yong‘in chiqqan.

Hodisa sabablari aniqlanmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-04-2019, 17:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют