» » Prezident maslahatchisi o‘rinbosari Qiziriqda sayyor qabul o‘tkazdi

Prezident maslahatchisi o‘rinbosari Qiziriqda sayyor qabul o‘tkazdi


Viloyat markazidan 107 km uzoqlikda joylashgan Qiziriq tumani “Etimqum” mahallasida Prezident maslahatchisi o‘rinbosari Alisher Usmonov, viloyat Xalq qabulxonasi mudiri Abdulhakim Eshmuratovlar hamda viloyat tashkilot va idoralar rahbarlari tomonidan sayyor qabul o‘tkazdi. Bu haqda “Daryo”ga Perzident Xalq qabulxonasi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Ma’lum qilinishicha, qabulda ishtirok etgan 152 nafar fuqaroning turli masalalarga oid 199 ta murojaatlari qabul qilindi va bu murojaatlarning aksariyati shu kunning o‘zidayoq hal etildi. Qo‘shimcha muddat talab etilgan murojaatlar nazoratga olinib, qisqa muddatlarda hal etib berish yuzasidan mutassadi tashkilot rahbarlari hamda mas’ul xodimlariga topshiriqlar berdi.

Tumanning “Bag‘rikeng” mahallasida yashovchi Kamola Shoberdiyeva va turmush o‘rtog‘i Bahodir Saparovlar 2008-yildan buyon 3 nafar farzandiga rasmiy nikohdan o‘tmaganligi sababli tug‘ilganlik haqidagi guvohnomalarni olishmagan. Bu murojaat tuman FHDYo bo‘limi bilan birga o‘rganilgan va ularga rasmiy nikoh rasmiylashtirilib, farzandlariga tug‘ilganlik haqidagi guvohnomalar sayyor qabul jarayonida topshirildi.

Shuningdek, “Karmaki” mahallasida yashovchi Maqsuda O‘rozova yillar davomida “Mikrokreditbank”ning tuman filialiga yangi ish o‘rinlarini yaratish maqsadida tikuvchilikni rivojlantirish uchn kredit ajratishlarini so‘rab kelgan, ammo uning murojaati qanoatlantirilmagan. Uning murojaat qabul jarayonida atroflicha o‘rganilib, “Mikrokreditbank” tuman filiali tomonidan fuqaroga qonuniy tartibda 7 mln. so‘m kredit mablag‘i 5-aprel kuni chiqarib berilishi kafolatlangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-04-2019, 09:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 66) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют