» » Qozog‘istonlik jurnalist: Menga O‘zbekistonni maqtaganim uchun pul to‘lashmaydi

Qozog‘istonlik jurnalist: Menga O‘zbekistonni maqtaganim uchun pul to‘lashmaydi


Qozog‘istonlik jurnalist Danara Kurbanova Facebook’dagi sahifasida O‘zbekistonga qilgan sayohatidan olgan taassurotlar bilan bo‘lishgani haqida xabar berilgan edi.

Ma’lum bo‘lishicha, u hamrohlari bilan tushdan keyin osh qilinadigan restoranni topolmay, shaharda adashib yurgan vaqtida, tasodifan Yakkasaroy tumani hokimi Baxtiyor Shomurodovga duch kelgan. Uning kimligini bilmagan holda, sayyohlar undan milliy taomlar restoranini tavsiya qilishni so‘ragan. Hokim ularga o‘z tavsiyasini berib, taksiga ham mindirib yuborgan, taksi pulini to‘lab qo‘yishni ham unutmagan. Bundan noqulay holatga tushgan sayyohlarga esa ular bu yerda mehmon ekanligini aytib, “bir kuni o‘z vataningizda o‘zbeklarni uchratsangiz, ularga ham yaxshilik qilarsiz”, — degan.

Danaraning ushbu postidan so‘ng, ayrim internet foydalanuvchilari jurnalistga aynan shunday so‘zlarni yozish uchun pul to‘langani haqida yozib qoldirgan edi.

Jurnalist o‘zining Facebook’dagi sahifasida ushbu holatga izoh berdi:

“Kecha men o‘zbek jurnalistlariga hokim bilan bog‘liq vaziyat yuzasidan izoh berdim. Izohni shu yerda ham yozib qoldirishim mumkin:

O‘zbekistonga tashrifim oldidan mamlakat haqida yozilayotgan gap-so‘zlarni o‘qigandim. Internetda O‘zbekistonda rus tilida so‘zlashuvchi insonlar juda kam ekanligi, bu yerda ehtiyot bo‘lmasa katta pulga tushib qolish haqida gap ketgan noxolis maqolalarga ko‘p duch keldim.

O‘zbekistonga kelganimda esa bu holatning aksiga duch keldim: Haqiqatdan yaxshi narsalar ko‘p ekan.

Men Facebook’da o‘z ko‘rgan-kechirganlarimni yozib qoldiraman, men bloger emasman. Auditoriyam ham unchalik katta emas, katta auditoriya ortidan quvmayman ham. Sahifam-sayohat qilishni yoqtiruvchi insonlarga mo‘ljallangan. Agar odamlarga biron narsa yoqmasa, ular ma’lum holat haqida turli uydirmalarni o‘ylab topadi. Ular shunchalik ahmoqona va kulgiliki, shuning uchun ular haqida gapirmayman. Aytmoqchi bo‘lganim: men, balki O‘zbekistonning ‘piarchisi’ bo‘lishiga qarshi ham emasman, ammo afsuski menga hech kim pul to‘lamaydi. Men Toshkentdagi diqqatga sazovor maskanlar haqidagi maqolam uchungina pul olaman. Aksincha, men Toshkentda kasodga uchrasam kerak: Yaqinda Chorsuning yarmini olib ketaman. Nima qilay, sizlarda hamma narsa chiroyli!”,  — deb yozadi jurnalist.

Danara Toshkent uning uchun qadrdon shahar ekanligi, onasi va buvisi ma’lum muddat shu shaharda yashagani hamda Moskvaga yangi ko‘chib borganida toshkentliklar unga shaharga moslashishga yordam berganini ham yozib qoldirgan.

Jurnalistning yozishicha, uning O‘zbekistondagi sayohati davom etmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-04-2019, 18:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 96) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют