» » O‘zbekiston milliy kutubxonasida tashkil qilinadigan konferensiyada 10 ta xorijiy davlatdan 26 nafar ekspert qatnashadi (foto)

O‘zbekiston milliy kutubxonasida tashkil qilinadigan konferensiyada 10 ta xorijiy davlatdan 26 nafar ekspert qatnashadi (foto)


Bugun, 9-aprel kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Central Asia – 2019”: Fan, ta’lim, madaniyat va biznesda internet va axborot-kutubxona resurslari” XIII Xalqaro konferensiyaga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Matbuot va axborot agentligi “Daryo”ga xabar berdi.

Anjumanda O‘zbekiston Milliy kutubxonasi rahbar va mutaxassislari, hamkor vazirlik hamda idoralar vakillari, shuningdek, OAV xodimlari ishtirok etgan.

“Bu yilgi konferensiyada 10 ta xorijiy davlatdan 26 nafar ekspert ishtiroki kutilmoqda. Mahalliy mutaxassislardan 80 dan ziyod maqolalar kelib tushdi. Ular konferensiya dasturi va konferensiya to‘plamidan o‘rin oladi. Konferensiya doirasida respublikamizda axborot-kutubxona muassasalarining bugungi kundagi holati, sohada mavjud dolzarb muammolar tahlil qilinib, tajribalar tinglanadi, istiqboldagi rejalar belgilab olinadi va hamkorlikda ishlash mexanizmi ishlab chiqiladi”,  – deydi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi direktori Umida Teshabayeva.

Xalqaro konferensiyada kitob va kitobxonlik, Milliy umumta’lim elektron kutubxonasi UzNEL dasturining ishlash jarayoni, MDH va xorijiy davlatlar yirik kutubxonalari bilan hamkorlik aloqalariga alohida e’tibor qaratiladi.

Mazkur konferensiya O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti ilgari surgan 5 muhim tashabbusning to‘rtinchisi — aholi, ayniqsa, yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish masalasiga hamohang. Anjuman fan, ta’lim, madaniyat va biznes sohalarida elektron axborot resurslarni rivojlantirish va qo‘llashda axborot-kutubxona muassasalari, o‘quv yurtlari, arxivlar, muzeylar va boshqa tashkilotlar bilan birgalikda kutubxona ishining muammolari, ularning innovatsion rivojlanish yo‘llarini izlash va hal etishni maqsad qilgan.

Qayd etilishicha, konferensiyaning har yili turli viloyatlarda o‘tkazilishi o‘sha hudud axborot-kutubxona sohasining jonlanishi va yanada rivojlanishiga turtki beradi. Shuningdek, yosh mutaxassislar uchun tramlin —anjumanda ishtirok etish maqsadi ularni o‘z ustida ishlashga undaydi.

“Bu tadbir maslakdosh do‘stlar uchrashuvi, tajriba almashish, malaka oshirish maydonidir. Bunda nafaqat mutaxassislar, balki boshqa soha vakillari, ota-onalar uchun ham ko‘p foydali ma’lumotlar mavjud. Chunki kitob o‘qish va mutolaa madaniyati uyda, ta’lim muassasalarida shakllantiriladi. Kutubxona esa mutolaa uchun barcha sharoitlarni taqdim etadi”, — deydi O‘zbekiston Fanlar akademiyasi fundamental kutubxonasi direktori Zuhra Berdiyeva.

Eslatib o‘tamiz, “Central Asia – 2019: Fan, ta’lim, madaniyat va biznesda internet va axborot-kutubxona resurslari” XIII Xalqaro konferensiyasi 24—26-aprel kunlari Xorazm viloyatining Urganch shahrida o‘tkaziladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-04-2019, 07:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 86) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют