» » Namanganda viloyat hokimi stadionda sayyor qabul o‘tkazdi

Namanganda viloyat hokimi stadionda sayyor qabul o‘tkazdi


Namangan viloyati hokimi Xayrullo Bozarov Uchqo‘rg‘on tumanidagi stadionda sayyor qabul o‘tkazdi. Bu haqda “Daryo”ga viloyat hokimligi axborot xizmati ma’lum qildi.

Aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni kengaytirish, mavjud dolzarb muammolarni aniqlash, ularni bevosita joyida bartaraf etish yuzasidan aniq va tezkor choralar ko‘rish maqsadida tashkillangan sayyor qabulda sektor rahbarlari, viloyatdagi boshqarma va idoralar boshliqlari hamda boshqa mutasaddilar qatnashdi.

Viloyatning barcha tumanlaridan kelgan fuqarolar vakillari bilan yuzma-yuz muloqot asosidagi qabul davomida uy-joy, moddiy yordam, kommunal xizmat, bank, huquqni muhofaza qilish idoralari faoliyati, sog‘liqni saqlash, bandlik, tadbirkorlik, fermer xo‘jaligini yuritish va boshqa masalalarga oid 311 ta murojaat kelib tushdi.

Shundan 161 tasi joyida ijobiy hal etildi. 10 ta murojaat bo‘yicha huquqiy tushuntirish berildi. Qolgan 140 tasi qonunchilikda belgilangan muddatlarda o‘rganib, chora ko‘rish uchun tegishli tashkilot va idoralarga yuborilib, ijrosi nazoratga olindi.

Jumladan, viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi tomonidan imtiyozli davolanish uchun 6 ta order, 4 ta nogironlik aravachasi, sihatgohlarga 5 ta yo‘llanma, eshitish moslamalari, ortopedik vositalar berildi.

Davlat xizmatlari markazi tomonidan 166 ta xizmat ko‘rsatildi. Jumladan, uy-joyga bo‘lgan huquqni tiklash yuzasidan 96 ta, maktabgacha ta’lim muassasasiga navbatga qo‘yish bo‘yicha 25 ta ariza qabul qilindi, 45 nafar fuqaroga STIR berildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-04-2019, 11:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 88) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют