» » Samarqanddagi sayyor qabulda 71 ta murojaatdan 16 tasi shu zahoti hal qilindi

Samarqanddagi sayyor qabulda 71 ta murojaatdan 16 tasi shu zahoti hal qilindi


Samarqandning Kattaqo‘rg‘on shahrida viloyat soliq boshqarmasi boshlig‘i, 4-sektor rahbari sayyor qabul o‘tkazdi. Bu haqida “Daryo” muxbiri Farhod Norbo‘tayev xabar bermoqda.

Qabulda shahardagi barcha sektor va tashkilot rahbarlari qatnashdi. 35 ta mahalladan 200 nafarga yaqin fuqaro ishtirok etdi. Jami 71 ta murojaat qabul qilindi.

Murojaatlarning 10 tasi ijtimoiy muhofaza, 6 tasi sog‘liqni saqlash, 5 tasi aholi bandligi, 4 tasi yo‘l xo‘jaligi, 6 tasi kredit olish, 2 tasi gaz ta’minoti, 7 tasi suv ta’minoti, 7 tasi obodonlashtirish, 9 tasi aholini arzon uy-joylar, 9 tasi huquqbuzarliklar profilaktikasi va 6 tasi uy-joy hujjatlarini rasmiylashtirilish masalalariga oid.

Murojaatlardan 16 tasi tadbirning o‘zida hal qilindi. Qolgan 55 ta murojaat bo‘yicha mas’ullar tayinlandi. Ular murojaatlar ijrosi yuzasidan 15 kun muddat ichida viloyat soliq boshqarmasi boshlig‘iga ma’lumot taqdim qiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-08-2018, 13:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 89) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют