» » “Agrobank”da almashtirish uchun qalbaki dollarni taqdim etgan shaxslar qo‘lga tushdi

“Agrobank”da almashtirish uchun qalbaki dollarni taqdim etgan shaxslar qo‘lga tushdi


ATB “Agrobank” Oltiariq filiali valyuta ayirboshlash shoxobchasiga fuqaro X.X. tomonidan almashtirish uchun taqdim etilgan 200 dollari qalbaki ekanligi aniqlangan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Mazkur holat Departamentning Farg‘ona viloyati boshqarmasi va IIB xodimlari bilan hamkorlikda bank tomonidan berilgan xabarga asosan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda aniqlangan.

Tekshirish jarayonida fuqaro X.X.da qalbaki 50 dollarlik kupyuralardan iborat 100 dona, jami 5000 dollari mavjudligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan, shuningdek, X.X. ushbu qalbaki dollarlarni fuqaro X.T.dan olganligini ma’lum qilgan.

O‘tkazilgan ekspertiza xulosasiga ko‘ra, ushbu qalbaki AQSh dollarlari kompyuter vositasida rangli printer yordamida tayyorlanganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 176-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-04-2019, 15:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 67) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют