» » 2019-yilda Farg‘onada 135 ta yo‘l-transport hodisasi sodir etilishi oqibatida 42 kishi hayotdan ko‘z yumdi

2019-yilda Farg‘onada 135 ta yo‘l-transport hodisasi sodir etilishi oqibatida 42 kishi hayotdan ko‘z yumdi


2019-yilning o‘tgan davri mobaynida Farg‘ona viloyatida 135 ta yo‘l-transport hodisasi sodir etilgan bo‘lib, oqibatda 42 kishi bevaqt hayotdan ko‘z yumgan. 115 kishi turli darajada tan jarohati olgan. Bu haqda viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi ma’lumotiga tayanib, “Daryo” muxbiri ma’lum qilmoqda.

Joriy yilning o‘tgan davri mobaynida viloyatda yo‘lovchi tashuvchi transport vositalari ishtirokida 9 ta yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan. Natijada 10 nafar fuqaro jarohatlangan.

Shuning uchun yo‘lovchi tashish xavfsizligi va sifatini ta’minlash maqsadida viloyat IIB YHXB tomonidan 2019-yilning o‘tgan davrida 19 ta guruh tuzilib, 85 marotaba reyd o‘tkazildi. Reydlar davomida yo‘lovchi tashish bilan shug‘ullanuvchi transport vositalari 43133 marta tekshirilib, 3932 ta qoidabuzarlik holatlari aniqlandi. Aniqlangan kamchilik va qoidabuzarliklar bo‘yicha 106 ta tashkilot rahbariga taqdimnoma kiritilib, yo‘lovchi tashish bilan shug‘ullanuvchi 1792 ta transport vositasidan foydalanish vaqtincha taqiqlandi. 3584 nafar haydovchiga va 2 nafar rahbar xodimga nisbatan ma’muriy choralar ko‘rildi.

Profilaktik tadbirlar davomida yo‘lovchi tashish tizimiga joriy etilayotgan talablar va mazkur sohada yaratilayotgan sharoitlar to‘g‘risida tushuntirish ishlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-04-2019, 17:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 57) ( 0) ( 57) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют