» » Toshkentda poyezd vagonida selfi qilmoqchi bo‘lgan ikki o‘smirning biri tok urishi natijasida vafot etdi

Toshkentda poyezd vagonida selfi qilmoqchi bo‘lgan ikki o‘smirning biri tok urishi natijasida vafot etdi


Ichki ishlar vazirligi Transportda xavfsizlikni ta’minlash bosh boshqarmasi va “O‘zbekiston temir yo‘llari” tomonidan o‘tkazilgan “Temir yo‘llarda xavfsiz kun” targ‘ibot tadbirida mayor Davron Ashurov ba’zi fuqarolarning ehtiyotsizligi ularning bevaqt o‘limiga sabab bo‘layotganini aytib o‘tdi. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar bermoqda.

“Voyaga yetmagan 2 nafar kollej o‘quvchisi selfi qilish uchun Hamza temir yo‘l bekatida bo‘sh turgan bug‘doy ortuvchi vagon ustiga chiqqanlarida tok urishi natijasida bittasi vafot etdi. Ikkinchisi esa og‘ir tan jarohati bilan shifoxonaga yotqizildi. Yana bir holatda, harakatlanayotgan poyezdni ko‘ra turib, yo‘ldan o‘tishga uringan fuqaroni poyezd urib ketgan. Fuqaro olgan tan jarohatlari natijasida vafot etdi”, — deydi Transportda temir yo‘l xavfsizligini ta’minlash boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i Davron Ashurov.

Davron Ashurovning qo‘shimcha qilishicha, poyezdlarning haraktlanishi uchun 27 ming volt kuchlanishdagi elektr simlari o‘rnatilgan. Mazkur yuqori kuchlanishdagi elektr toki 40—50 santimetrdan ta’sir kuchiga ega. Shuning uchun, aholidan ehtiyotkor bo‘lishlarini, o‘zlarini va atrofdagilarning hayotiga xavf tug‘diruvchi harakatlarni qilmasliklari so‘raladi.

Haftaning har chorshanba kuni o‘tkazilayotgan “Temir yo‘llarda xavfsiz kun” tadbirining bu galgisi Toshkent-Janubiy vokzalidan Ohangaron temir yo‘l bekatigacha bo’lgan masofada bo‘lib o‘tdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-04-2019, 20:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 108) ( 0) ( 107) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют