» » Gulnora Karimovaning jiyani Akbar Abdullayevga tegishli yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi

Gulnora Karimovaning jiyani Akbar Abdullayevga tegishli yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


“E-IJRO AUKSION” elektron auksion savdo maydonchasida sud tomonidan xatlangan Parkent tumani Kumushkon qishlog‘idagi noturar ko‘chmas mulk obyekti bog‘i ochiq auksionga qo‘yildi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Umumiy maydoni 4,5 gektar bo‘lgan noturar obyektning boshlang‘ich bahosi 8 237 126 532 so‘mni tashkil etadi.

Ba’zi manbalarda ushbu yirik obyekt Gulnora Karimovaning jiyani Akbar Abdullayevga tegishli ekanligi aytiladi. Akbar Abdullayev bir necha yillar davomida Farg‘ona viloyatida joylashgan yirik sanoat inshootlarini nazorat qilib kelgani ma’lum. Ular orasida Farg‘ona neftni qayta ishlash va Quvasoy sement zavodlari ham bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, “E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasida savdoga qo‘yilgan davlat mulki obyektlari xususidagi yangiliklar www.e-auksion.uz va www.uza.uz saytlari orqali e’lon qilib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-04-2019, 22:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 6) ( 0) ( 4) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют