» » Toshkentda Karvon bozori sobiq direktorining uyi 35 mlrd so‘m boshlang‘ich narx bilan savdoga qo‘yildi

Toshkentda Karvon bozori sobiq direktorining uyi 35 mlrd so‘m boshlang‘ich narx bilan savdoga qo‘yildi


Toshkent shahrining Uchtepa tumanidagi suv bo‘yida joylashgan, “O‘rikzor” dahasidagi ulgurji Karvon bozorining sobiq direktori Dmitriy Limga tegishli bo‘lgan ko‘chmas mulk obyekti savdoga qo‘yildi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Mazkur uy-joy majmuasining boshlang‘ich narxi 35 536 900 759 so‘m etib belgilangan.

Uchtepa tumani, Sakkokiy ko‘chasi, 3-a uydagi bino va inshoot. Umumiy maydoni 4,3000 gektar, inshoot maydoni 20628 kvadrat metr.

Auksion o‘tkazilish sanasi 2019-yil 29-aprel.

Eslatib o‘tamiz, onlayn-auksion imkoniyatlari yanada kengaygan. O‘zbekiston Prezidentining 2019-yil 19-fevraldagi “Davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoniga ko‘ra “E-IJRO AUKSION” elektron savdo maydonchasida quyidagi savdolar amalga oshiriladi:

Bundan tashqari, 1 so‘mga teng qiymatdagi boshlang‘ich narx bo‘yicha qo‘yilgan davlat ko‘chmas mulk obyektlari ular to‘liq sotilmagunga qadar savdolardan olinmaydi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-04-2019, 22:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 89) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют