» » General Electric kompaniyasi O‘zbekistonda mahalliylashtirish imkoniyatlarini o‘rganadi

General Electric kompaniyasi O‘zbekistonda mahalliylashtirish imkoniyatlarini o‘rganadi


General Electric kompaniyasi O‘zbekistonda mahalliylashtirish imkoniyatlarini, shu jumladan, professional ta’lim va kadrlar tayyorlash dasturini amalga oshirishni o‘rganadi. Bu haqda avvalroq O‘zbekistonda bo‘lgan General Electric vitse-prezidenti Ronald Jeyms Pollett o‘zining O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga yozgan maktubida ma’lum qildi, deb xabar beradi “Gazeta.uz”.

Maktubda qayd etilganidek, yaqinda O‘zbekiston Iqtisodiyot vazirligi va General Electric kompaniyasi o‘rtasida imzolangan Hamjihatlik to‘g‘risidagi memorandum “o‘zaro munosabatlar taraqqiyoti tarixida yangi davrni ochib berdi”.

Memorandumga binoan tuzilayotgan ishchi guruhlar hamkorlikdagi ishning doimiy ish maromini yaratib, O‘zbekiston rahbarining iqtisodiyotni jadal sur’atlarda modernizatsiya qilish va mamlakatga texnologiya hamda investitsiyalar kiritish bo‘yicha topshiriqlarini amalga oshirishga xizmat qiladi.

Ronald Jeyms Pollett Prezident Shavkat Mirziyoyevga “1-mart kuni Toshkentda bo‘lib o‘tgan samimiy qabul va samarali uchrashuv” uchun minnatdorchilik bildirdi.

Опубликовано: admin (15-03-2017, 08:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 106) ( 0) ( 104) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют