» » DXX Andijonda Qirg‘izistonga 2,1 mln dollar olib chiqib ketishga uringan shaxsni qo‘lga oldi (video)

DXX Andijonda Qirg‘izistonga 2,1 mln dollar olib chiqib ketishga uringan shaxsni qo‘lga oldi (video)


DXX Andijon viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Xo‘jaobod tumani “Munduz” MFY hududida “Andijon—Qorasuv” yo‘nalishida harakatlanib ketayotgan Rahmatillo Ahmedov boshqaruvidagi Nexia 3 rusumli avtomobil to‘xtatildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Mazkur mashina ko‘zdan kechirilganda, uning yukxonasiga yashirib qo‘yilgan 1 dona 30 litr hajmli yelim idishda va 2 dona sellofan paketda joylangan jami 2.116.501 (ikki million bir yuz o‘n olti ming besh yuz bir) AQSh dollari miqdoridagi xorijiy valyuta borligi aniqlandi.

Ma’lum bo‘lishicha, Toshkent shahridan berib yuborilgan ushbu pullarni Qorasuv shahrida yashovchi Rahmatillo Ahmedov Shahrixon tumanida kutib olgan. Mazkur katta miqdordagi xorijiy valyuta bojxona nazoratini chetlab o‘tib, qo‘shni Qirg‘izistonga chiqarilishi kerak bo‘lgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan DXX Andijon viloyat boshqarmasi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ushbu ishga aloqador shaxslarni aniqlash bo‘yicha zarur chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-04-2019, 09:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 88) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют