» » DXX Farg‘onada 3,5 mln dollarni Qirg‘izistonga olib chiqib ketishga uringan shaxslarni ushladi (video)

DXX Farg‘onada 3,5 mln dollarni Qirg‘izistonga olib chiqib ketishga uringan shaxslarni ushladi (video)


Davlat xavfsizlik xizmati Farg‘ona viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida “Farg‘ona—Yuqori Vodil” yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanayotgan Nexia avtomobili “Novket” mahallasi hududida to‘xtatildi. “Kun.uz”ning “O‘zbekiston 24” telekanaliga asoslanib xabar berishicha, mashina ko‘zdan kechirilganda, uning isitish moslamasi ichida 23 ta o‘ramda AQSh dollari borligi aniqlangan.

Ma’lum bo‘lishicha, ushbu pullar mazkur mashinada ketayotgan A.M.ga tegishli bo‘lgan. Nexia avtomashinasi egasi, Vodil qishlog‘ida yashovchi A.D.ning aytishicha, u 50 dollar evaziga A.M.ni Qo‘qon shahriga olib borib, ushbu valyutalarni olib kelgan. Tezkor surishtiruv davomida A.D.ning yashash xonadonidan ham 24 ta o‘ramda bo‘lgan AQSh dollarlari olingan. Shuningdek, A.M. ushbu valyutalarni Qo‘qon shahrida O‘.X.dan olganligi aniqlangan va u ham ushlangan.

Lavhada aytilishicha, noqonuniy pullarning umumiy miqdori 1,763 million dollarni tashkil etgan.

Yana bir holat. Qirg‘izistonda tug‘ilib o‘sgan va hozirda Farg‘ona viloyati Farg‘ona tumanida istiqomat qiluvchi 56 yoshli A.Yo.ning avtomashinasi ham ko‘zdan kechirilganda, 35 dona o‘ram topildi. Ular ochib tekshirilganda 1 771 650 AQSh dollari borligi ma’lum bo‘lgan. Aniqlanishicha, Buvayda tumanida yashovchi N.J. bu pullarni Toshkentdan Farg‘onaga keltirib bergan. A.Yo. esa ularni noqonuniy yo‘llar orqali Qirg‘izistonga o‘tkazib berishi kerak bo‘lgan.

O‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida qonunbuzarlardan jami 3 534 650 AQSh dollari ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olingan. Hozirda mazkur holatlar yuzasidan DXX Farg‘ona viloyati boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalariga asosan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ushbu pullarning haqiqiy egalarini aniqlash bo‘yicha ham zarur choralar ko‘rilyapti.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-01-2019, 23:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 78) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют