» » “Barselona” YChLda “Real” va “Chelsi” o‘rnatgan rekordni takrorladi

“Barselona” YChLda “Real” va “Chelsi” o‘rnatgan rekordni takrorladi


10-aprel, chorshanba kuni futbol bo‘yicha Yevropa Chempionlar Ligasi 1/4 finalining dastlabki o‘yinida “Barselona” “Manchester Yunayted”ni mag‘lubiyatga uchratdi (1:0).

UEFAning rasmiy saytida xabar berilishicha, kataloniyaliklar ilk marta musobaqa pley-off bosqichining mehmonda kechgan 7 ta uchrashuvida g‘alaba qozondi (avvalroq klub 2 ta durang va 4 ta mag‘lubiyat qayd etgandi).

Eslatib o‘tamiz, so‘nggi bor 2015/16-yilgi mavsumdagi 1/8 finalda “Barselona” “Arsenal”ni Londonda 2:0 hisobida mag‘lub etgandi.

Bundan tashqari Kataloniya klubi ushbu musobaqadagi ilk ishtirokidan buyon raqib o‘yinchisining avtogoli evaziga 14 marta g‘alaba qozondi — “Yunayted”ga qarshi kechgan o‘yinda raqib himoyachisi Lyuk Shou o‘z darvozasiga gol urib qo‘ydi.

Bu borada “ko‘k-anor ranglilar” “Real” hamda “Chelsi”ning mazkur musobaqada o‘rnatgan rekordini takrorladi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-04-2019, 18:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 77) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют