» » Belarus prezidenti “surbetlashgan” Rossiyani tanqid qildi

Belarus prezidenti “surbetlashgan” Rossiyani tanqid qildi


Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Rossiya harakatlarini sanksiya bilan solishtirdi, deb yozadi “Gazeta.ru”.

U Rossiyaning Belarusdan olma import qilishga qo‘yilgan cheklovini qoralagan.

“Ular shu darajada surbetlashganidan bizning qo‘llarimizni qayirishni boshladi”, — degan Lukashenko.

Belarus prezidentining aytishicha, Rossiya harakatlari mantiqsiz bo‘lib, g‘arb davlatlari sanksiyalarini tanqid qilish barobarida o‘z sheriklariga cheklovlar qo‘ymoqda.

“Ularning o‘zi sanksiya ostida bo‘lgani uchun buni tanqid qilmoqda va men ularni butunlay qo‘llab-quvvatlayman. Lekin shu bilan birgalikda o‘zlarining yaqin ittifoqchilariga qarshi xuddi shunday jang qilmoqda”, — degan u.

Mavzuga doir: Rossiyaga Belarusdan olma va noklar keltirilishi taqiqlanadi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-04-2019, 10:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 31) ( 0) ( 29) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют