» » O‘zbekistonda Uber dasturi kamida 2025-yilgacha bo‘lmaydi

O‘zbekistonda Uber dasturi kamida 2025-yilgacha bo‘lmaydi


Taksi yoki xususiy haydovchilarni qidirish, chaqirtirish yoki buyurtma qilingan ovqatlarni yetkazib berish uchun shu nomdagi dastur yaratgan Amerikaning Uber xalqaro xususiy kompaniyasi IPO’ga chiqishga tayyorlanmoqda. Bu haqda Spot xabar berdi.

Biznes modelning yorqin namoyondalaridan bo‘lgan ushbu kompaniya 120 milliard dollarga baholangan. Uber kompaniyasi joriy yildagi va hatto tarixdagi eng yirik IPO nomiga davogarlik qilishi mumkin.

Xabarda yozilishicha, kompaniya avval aytilmagan ma’lumotlar, xususan, Yandex.Taxi bilan hamkorligi haqidagi ma’lumotlarni oshkor qilishni boshlagan.

Uber va Yandex.Taxi Rossiya va MDHda 2018-yilning fevral oyi boshlarida birlashgan. Yandex hamkorlikdagi tashkilotning 59,3 foiz aksiyasiga, Uber —36,9 foiz, yangi tuzilma xodimlari esa 3,8 foiziga ega bo‘lgan. Uber yangi kompaniyaga 225 million dollar miqdorida investitsiya kiritgan, Yandex esa 100 million dollar.

Uber va Yandex.Taxi ishlaydigan mamlakatlarda ikkala dastur ham ishlashda davom etgan. Birlashish har ikki kompaniya xizmatlari sifatini yaxshilash uchun kerak bo‘lgan.

O‘zbekistonda bunday kelishuv tuzilganda Uber ham, Yandex.Taxi ham bo‘lmagan. 2018-yilda o‘zbek bozoriga Yandex.Taxi kirib kelganida bu Uber va Yandex.Taxi birlashmasi bo‘lgan.

Uber tomonidan chop etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, kompaniya 2021-yilgacha Yandex roziligisiz hamkorlikdagi tashkilotning bir qismini sotish huquqiga ega emas. Bundan tashqari, 2025-yilning fevraliga qadar Uber’ga Rossiya va MDHda uning hamkor tashkiloti Yandex.Taxi bilan raqobatlashish taqiqlangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-04-2019, 12:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 107) ( 0) ( 105) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют