» » Xakerlar Uber’ning 50 million mijozi haqidagi ma’lumotlarni o‘g‘irladi. Kompaniya ularga jim yurishi uchun pul to‘ladi

Xakerlar Uber’ning 50 million mijozi haqidagi ma’lumotlarni o‘g‘irladi. Kompaniya ularga jim yurishi uchun pul to‘ladi


Uber kompaniyasi 2016-yil oktabrida xakerlar uning serverlaridan 50 million mijoz va 7 million haydovchining ma’lumotlarini o‘g‘irlaganini e’lon qildi. Shu bilan bir paytda ushbu voqea surishtiruvi bilan shug‘ullangan kompaniya xavfsizlik xizmati rahbari Jo Sallivan ishdan bo‘shatilgani ma’lum qilindi, deb xabar beradi Meduza.

Uber mavjud qonunlarga zid ravishda 2016-yili xakerlik hujumi haqida rasmiylarga ham, haydovchilarga ham xabar bermagan. Buning o‘rniga Uber xakerlarga 100 ming dollar to‘lab, ulardan voqea haqida jim yurishni talab qilgan. Xakerlarning shaxslari oshkor qilinmayapti.

O‘g‘irlangan massivda mijozlarning ism-familiyasi, elektron pochta manzillari va telefon raqamlari bor edi. To‘lov axborotiga dahl qilinmagan edi.

Bu e’londan so‘ng Nyu-York prokurori Erik Shneyderman tergov boshladi. Shu bilan bir paytda mijozlar Uber’ni sudga berdi.

Опубликовано: admin (22-11-2017, 21:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 84) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют