» » Andijonda 1 mlrd so‘mdan ziyod miqdorda elektr resurslari noqonuniy foydalanganligi aniqlandi

Andijonda 1 mlrd so‘mdan ziyod miqdorda elektr resurslari noqonuniy foydalanganligi aniqlandi


MIB Andijon shahar bo‘limi tomonidan iste’molchilarning energiya resurslari tarmoqlaridan noqonuniy foydalanganlik, talon-toroj qilish holatlari aniqlanmoqda. Bu haqda MIB matbuot xizmati “Daryo”ga xabar berdi.

Tekshiruv haraktalari davomida, 2015—2018-yillarda Andijon “Yangi shahar” ETK xodimi O.U. tomonidan 4 ta mas’uliyati cheklangan jamiyatlari foydalangan elektr energiya hisobini yuritish bo‘yicha “PK ELЕKTRHISOB” elektron dasturiga elektr hisoblagichlari naryad dalolatnomasiz kiritilib, sarflangan elektr energiyasi uchun hisob yozmasdan jami 2.847.439 kVt.s elektr energiya hisobi yuritilmaganligi, natijada davlat manfaatlariga jami 1 milliard 2 million 764 ming so‘m zarar yetkazilganligi aniqlangan.

Bundan tashqari, yana bir korxonaga o‘rnatilgan elektr hisoblagich tok transformatori koeffitsienti joyida 600/5, ya’ni 120 koeffitsient bo‘lib, anu shu koeffitsient bo‘yicha hisob-kitob amalga oshirilishi lozim bo‘lsa-da, ushbu korxonaning elektr energiyasi uchun hisob-kitobi 80 koeffitsient bo‘yicha kam hisoblangan. Davlat manfaatlariga esa 18 million 214 ming 848 so‘m zarar yetkazilgan.

Bundan tashqari, elektr tarmoqlari korxonasi xodimi O.U. ish faoliyati davomida hamkasbi tomonidan elektr hisoblagich ko‘rsatkichi 30 723 kVt.s ni tashkil qilganligi yozib kelingan korxonaning ko‘rsatkichlarini qasddan elektron dasturga kiritmagan. Korxona tomonidan sarflangan 31 220 kVt.s elektr energiya hisobini yuritmasdan yo‘q qilib yuborishiga sharoit yaratib, davlat manfaatlariga zarar yetishiga sababchi bo‘lgan.

Mazkur holat yuzasidan MIB Andijon shahar bo‘limi tomonidan Andijon “Yangi shahar” ETK mansabdor shaxslariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlarini tashkillashtirish uchun tegishli tartibda Andijon shahar prokuraturasiga yuborildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-04-2019, 19:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 79) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют