» » OAV: Saudiya Arabistoni Tripolini qo‘lga olish uchun Xaftarga millionab dollar taklif qildi

OAV: Saudiya Arabistoni Tripolini qo‘lga olish uchun Xaftarga millionab dollar taklif qildi


Saudiya Arabistoni Liviya milliy armiyasi qo‘mondoni Xalifa Xaftarga poytaxt Tripolini qo‘lga olishda moliyaviy yordam sifatida o‘n millionlab dollar taklif qildi. Bu haqda “Interfaks” xabar berdi.

The Wall Street Journal nashriga ko‘ra, bunday taklif uning “tarqoq mamlakatni o‘z hokimiyati ostida birlashtirish maqsadida” poytaxtni qo‘lga olish uchun uyushtirgan hujumidan bir necha kun avval bu mamlakatga qilgan safari chog‘ida bildirilgan.

Qayd etilishicha, Xaftar bu taklifni qabul qilgan.

“Xaftar xorijiy yordamsiz hozir faol ishtirokchi bo‘la olmasdi”, — deb ta’kidlagan Germaniyaning xalqaro va xavfsizlik ishlari instituti mutaxassisi Volfram Lacher.

Saudiya Arabistoni hukumati ham, Xaftarning vakili ham taklif qilingan mablag‘lar haqidagi ma’lumotlarga izoh bermagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-04-2019, 11:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 67) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют