» » Bundesliga. “Borussiya D” bugun “Mayns”ni sinovdan o‘tkazadi, “Bavariya” esa ertaga o‘ynaydi

Bundesliga. “Borussiya D” bugun “Mayns”ni sinovdan o‘tkazadi, “Bavariya” esa ertaga o‘ynaydi


12-aprel, juma kuni futbol bo‘yicha Germaniya Bundesligasining 29-turi uchrashuvlari boshlandi.

Turning ilk o‘yinida “Nyurnberg” klubi “Shalke-04” bilan durang o‘ynadi.

Bellashuvning 82-daqiqasida mezbon jamoa a’zosi Yuya Kubo hisobni ochgan bo‘lsa, oradan 3 daqiqa o‘tib “Shalke-04” o‘yinchisi Matiya Nastasich hisobni tenglashtidi (1:1).

13-aprel, shanba kuni musobaqa jadvalida 2-pog‘onada borayotgan Dortmundning “Borussiya” klubi o‘z maydonida “Mayns”ni qabul qiladi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 21:30 da boshlanadi. Eslatib o‘tamiz, dortmundliklar oxirgi turda “Bavariya” bilan kechgan bahsda yirik hisobda mag‘lubiyatga uchragandi (0:5).

14-aprel, yakshanba kuni Niko Kovach qo‘l ostidagi Myunxenning “Bavariya” klubi “Fortuna Dyusseldorf” maydoniga safar qiladi. Bellashuv soat 18:30 da start oladi. Ma’lumot uchun, myunxenliklar 64 ochko jamg‘argan holda musobaqa jadvalida yetakchilik qilmoqda.

28-turdan so‘ng musobaqa jadvalidagi holat:

Bundesliga

29-tur bahslari

12-aprel, juma

Gollar: 1:0 — 82 Yuya Kubo, 1:1 — 85 Matiya Nastasich

13-aprel, shanba

14-aprel, yakshanba

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-04-2019, 17:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 67) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют