» » Bundesliga. “Bavariya” bugun “Frayburg”ni sinovdan o‘tkazadi, “Borussiya D” esa “Volfsburg”ni mehmon qiladi

Bundesliga. “Bavariya” bugun “Frayburg”ni sinovdan o‘tkazadi, “Borussiya D” esa “Volfsburg”ni mehmon qiladi


29-mart, juma kuni futbol bo‘yicha Germaniya Bundesligasining 27-tur bahslariga start berildi.

Turning dastlabki bellashuvida “Hoffenhaym” klubi “Bayer Leverkuzen”ni yirik hisobda mag‘lubiyatga uchratdi (4:1).

Uchrashuvning 10-daqiqasida mezbon jamoa a’zosi Isxak Belfodil raqib darvozasini ishg‘ol qilgan bo‘lsa, oradan 7 daqiqa o‘tib Kevin Folland hisobni tenglashtirdi (1:1). 51-daqiqaga kelib “Bayer” futbolchisi Sven Bender o‘z darvozasiga gol urib qo‘ydi. 61-daqiqada esa Isxak Belfodil dublga erishgan bo‘lsa, 79-daqiqada Andrey Kramarich ham o‘z nomiga gol yozdirib qo‘ydi (4:1).

30-mart, shanba kuni Niko Kovach qo‘l ostidagi Myunxenning “Bavariya” klubi safarda “Frayburg”ni sinovdan o‘tkazadi.

Eslatib o‘tamiz, myunxenliklar so‘nggi turda o‘z maydonida “Mayns” klubini qabul qilib, javobsiz 6 ta gol urgandi.

Shu kuni musobaqa jadvalida 60 ochko to‘plagan holda 2-o‘rinda borayotgan Dortmundning “Borussiya” klubi o‘z maydonida “Volfsburg”ni qabul qiladi.

Ma’lumot uchun, Lyusyen Favr shogirdlari musobaqaning 26-turida “Mayns”ni kichik hisobda mag‘lubiyatga uchratgandi (3:2).

Diter Heking boshliq “Borussiya Myunxengladbax” klubi mehmonda “Fortuna Dyusseldorf” jamoasi bilan o‘ynaydi. Uchala uchrashuv ham Toshkent vaqti bilan soat 19:30 da boshlanadi.

Ma’lumot uchun, myunxengladbaxliklar ayni damda musobaqa jadvalida 4-o‘rinda bormoqda.

26-turdan so‘ng musobaqa jadvalidagi holat:

Bundesliga

27-tur bahslari

29-mart, juma

Gollar: 1:0 — 10 Belfodil, 1:1 — 17 Folland, 2:1 — 51, avtogol, Bender, 3:1 — 61 Belfodil, 4:1 — 79 Kramarich

30-mart, shanba

31-mart, yakshanba

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-03-2019, 14:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 84) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют