» » Bundesliga. Sanchoning dubli “Borussiya D”ni musobaqa yetakchisiga aylantirdi (video)

Bundesliga. Sanchoning dubli “Borussiya D”ni musobaqa yetakchisiga aylantirdi (video)


12-aprel, juma kuni futbol bo‘yicha Germaniya Bundesligasining 29-tur bahsida musobaqa jadvalida 2-pog‘onada borayotgan Dortmundning “Borussiya” klubi o‘z maydonida “Mayns”ni sinovdan o‘tkazdi.

Bellashuvning 18 va 24-daqiqalarida dortmundliklar yarim himoyachisi Jeydon Sancho kiritgan gollarga mehmon jamoa Robin Kvayzonning 83-daqiqada urgan yagona goli bilan javob qaytardi (2:1).

Shu tariqa “Borussiya Dortmund” klubi “Mayns” bilan kechgan bahsda g‘alaba qozondi va muhim 3 ochkoga ega bo‘ldi. Ushbu o‘yindan so‘ng Dortmund klubi 66 ochko to‘plagan holda “Bavariya”ni quvib o‘tdi va musobaqa jadvalida yetakchilikni o‘z qo‘liga oldi. Myunxen klubi hisobida 64 ochko mavjud.

Bundesliga

29-tur bahslari

13-aprel, shanba

Gol: 0:1 — 53 Raffael

Gollar: 1:0 — 16 Kampl, 2:0 — 28 Verner

Gol: 0:1 — 64, penalti, Havert

Gollar: 1:0 — 76 Klaasen, 2:0 — 84 Selassiye, 2:1 — 90 Valdshmidt

Gollar: 1:0 — 18 Sancho, 2:0 — 24 Sancho, 2:1 — 83 Kvayzon

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-04-2019, 00:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 51) ( 0) ( 49) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют