» » Rossiyada izolyatordan qochib ketgan xavfli jinoyatchilardan 6 tasi ushlandi

Rossiyada izolyatordan qochib ketgan xavfli jinoyatchilardan 6 tasi ushlandi


Rossiyada politsiya xodimlari yakshanba kuni Tuvadagi qamoqqa olinganlarni vaqtincha saqlash joyidan qochib ketgan mahbuslarning oltitasini qo‘lga oldi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

Xabarda qayd etilishicha, 1987-yilda tug‘ilgan mahbuslardan biri Barun-Xemchikskiy tumani Kizil-Majalik aholi punkti yonida, 1989-yilda tug‘ilgan ikkinchi mahbus esa Ak-Dovurak shahrida huquqni muhofaza qiluvchi idora xodimlari tomonidan ushlangan.

Avvalroq izolyatordan qochib ketgan mahbuslarning to‘rttasi qo‘lga olingani haqida xabar qilingan edi.

Yakshanba kuni Tuvadagi vaqtinchalik saqlash izolyatoridan 9 nafar mahbus qochib ketgan edi. Ular qochishga urinib, politsiya xodimiga pichoq bilan hujum qilgan. Oqibatda izolyatordan qochib ketishga muvaffaq bo‘lgan.

Ta’kidlanishicha, qochib ketgan mahbuslar orasida talonchilik, bosqinchilik va salomatlikka qasddan og‘ir ziyon yetkazganlikda gumon qilinuvchilar ham bor.

Eslatib o‘tamiz, 2017-yilning 1-avgust kuni Moskva viloyat sudida jinoiy uyushma, GTA bandasining 5 nafar a’zosi sud binosidan qochishga uringan edi. Lift ichida ularni kuzatib kelayotgan huquqni saqlash organlar xodimlariga hujum qilib, ularning qurolini olib qo‘ygan va qochishga uringan. Bo‘lib o‘tgan otishma natijasida OMON jangchisi va ikki nafar politsiyachi yaralangan. Uch nafar jinoyatchi yo‘q qilingan. Keyinchalik jinoyatchilardan biri shifoxonada vafot etgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-04-2019, 22:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 97) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют