» » “O‘zkimyosanoat” muhandis-texniklari mehnat muhofazasi va sanoat xavfsizligi bo‘yicha sinovdan o‘tdi

“O‘zkimyosanoat” muhandis-texniklari mehnat muhofazasi va sanoat xavfsizligi bo‘yicha sinovdan o‘tdi


“O‘zkimyosanoat” AJ tizimidagi korxonalarning muhandis-texnik xodimlari bir hafta davomida mehnat muhofazasi va sanoat xavfsizligi bo‘yicha o‘qitildi. Bu haqda Kasaba uyushmalari Federatsiyasi matbuot xizmati xabar bermoqda. 

O‘quv kurslari O‘zbekiston Respublikasining “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonuni, “Mehnat muhofazasi bo‘yicha o‘qishlarni tashkil qilish va bilimlarni sinash to‘g‘risida”gi namunaviy nizom hamda “O‘zkimyosanoat” AJ o‘quv dasturi asosida bo‘lib o‘tdi.

O‘quv yakunida “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi, Chirchiq shahar mehnat boshqarmasi hamda Kimyo va farmatsevtika sanoati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi xodimlaridan tarkib topgan komissiya 14 nafar muxandis-texnik xodimning bilimlarini sinovdan o‘tkazdi.

Sinov natijasiga ko‘ra barcha tinglovchilarga sertifikatlar topshirildi. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (15-03-2017, 18:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 111) ( 0) ( 110) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют